Dastlabki Yillar Uchun Temir

O’zgarishlar birinchi yildagidek sezilmasada, farzandingiz hali ham moslashmoqda va rivojlanmoqda.Ushbu doimiy o’sish shuni anglatadiki, maktabgacha bo’lgan bolalar ko’pincha temir tanqisligi va temir tanqisligi anemiyasiga duch kelishadi. Kichkina bolalar ham ko’p miqdorda ovqat yemaydilar, shuning uchun ular iste’mol qiladigan moddalar foydali moddalarga, shu jumladan temirga boy bo’lishi kerak.

Ularga Qancha Miqdorda Temir Kerak?

O’sish va rivojlanish talablarini qondirish uchun chaqalog’ingizga kerak bo’lgan temir miqdori vaqt o’tishi bilan o’zgarib turadi.

Temir sog’lom immunitet tizimi uchun ham zarurdir, va ular bolalar bog’chasiga yoki maktabga borganda, bolangiz u yerdagi mikroblarga qarshi temir orqali kurashadi. Farzandingizning ratsionida temir miqdorini qanday oshirish mumkinligini bilish uchun “To’g’ri ovqatlarni tanlash” bo’limiga qarang.

Farzandingiz o’smirlik yoshiga kirganida temirga bo’lgan talab yana o’zgaradi. Ushbu aniq vazifalar haqida ko’proq ma’lumot olish uchun “O’smirlar uchun temir” bo’limiga qarang.

JADVAL: FARZANDINGIZ O’SGANI SARI TEMIR MODDASI MIQDORINI O’ZGARTIRING

YoshiKun davomida kerak bo'ladigan temir miqdori
6-12 oy11 mg
1-3 yosh7 mg
kattalar, homilador bo'lmagan ayollar uchunHayz davrida - 18 mg
Kattaalar, Erkaklar uchun8 mg

Nima Qilishim Mumkin?

Farzandingiz temir moddasiga boy bo’lgan oziq-ovqatlarni ist’mol qilayotganiga ishonch hosil qiling. Agar sizni farzandingizni oziqlanishi xavotirga solayotgan bo’lsa, shifokoringiz bilan maslahatlashing. Oddiy qon tahlili farzandingizda temir moddasini kam yoki ko’pligini aniqlab beradi, agar kam bo’lsa shifokoringiz farzandingizni davolaydi. Temir moddasi farzandingizning nafaqat jismoniy o’sishi uchun balki ruhiy rivojlanishi uchun ham juda muhimligini unutmang. Agara siz farzandingizda temir tanqisligini sezsangiz darhol shifokoringiz bilan maslahatlashing.

What Can I Do?