Menstruatsiya

Har o’ninchi ayol og’ir hayz davrini boshdan kechirishini bilasizmi?

Menstruation

 

 

Har bir ayol o’zgacha va ularning hayz ko’rishi ham farq qiladi.Ba’zi ayollarda hayz ko’rish davri 3-4 kunni tashkil qilsa, ba’zilarda esa 1  havtagacha davom etadi, bunday g’ayritabiiy og’ir hayz ko’rish belgilarini e’tiborsiz qoldirmaslik kerak. Qon tomirlarining spazmlarini yengish uchun og’riq qoldiruvchi vositalarni qabul qilish faqat vaqtinchalik yordam beradi. Biroq, ular tanaga foydadan ko’ra ko’proq zarar yetkazishi mumkin.

Hayz davrida ayollar qonga qo’shib temirni ham yo’qotishadi. Agar sizning hayz davringiz juda og’ir o’tayotgan bo’lsa. siz tanangizdan nafaqar qonni balki temirni ham yo’qotayotganingizn anglatadi. Agar sizning ovqatingiz yo’qotgan temiringizni to’ldirmasa, siz temir tanqisligi animiyasiga duchor bo’lishingiz mumkin. Bu holat charchoq, bosh aylanishi, aqliy o’tkirlikning pasayishi va immunitet tizimining umumiy yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Temir qo’shimchalarini qabul qilish tanaga to’g’ri miqdorda sog’lom qizil qon hujayralarini ishlab chiqarish imkonini beradi. Shuning uchun, og’ir hayz tsikli temir tanqisligi anemiyasiga olib kelishi mumkin va siz temir darajasini normal holatga qaytarishingiz kerak.

during menstruation

Erkaklar ham, ayollar ham temirga muhtoj, ammo hayz paytida ayollar temir miqdorini ikki baravar oshirishi kerak.

balancing

Tanangizni nazorat qilish va temir darajasini oshirish muhimdir.

iron deficiency

Temir tanqisligida inson tanasining normal ishlashi uchun energiya yo'qligini his qiladi.

iron deficiency affects

Temir tanqisligi talaba qizlarning 19 foiziga ta'sir qiladi va ularning aksariyati uning salbiy oqibatlarini bilishmaydi.

Og’ir Hayzli Qon Ketish Va Temir Tanqisligi

Temir tanqisligi ayollarda ko’proq uchraydi va umumiy salomatlikka ta’sir qiladi. Temir gemoglobin va qizil qon hujayralarining muhim elementi bo’lib, kislorodni tananing boshqa qismlariga olib boradi. Ayolda og’ir hayzli qon ketish bo’lmasa ham, hayz paytida yo’qotgan qon miqdorini qoplash uchun temir iste’molini ikki baravar oshirish kerak.

Heavy Menstrual Bleeding And Iron Deficiency

Sizda Temir Tanqisligi Belgilari Bormi?

Charchoq hayz ko’rishning eng keng tarqalgan oqibati bo’lib qolmay  bu temir tanqisligining eng keng tarqalgan alomati hamdir. Agar siz juda tez charchab qolsangiz va u kundalik hayotingizga ta’sir qila boshlasa, sizda temir tanqisligi bo’lishi mumkin. Charchoqlik darajasini baholash uchun bizning charchoq tadqiqotimizdan foydalaning va natijalar charchoq hayotingizga qanday ta’sir qilishini shifokoringizga tushuntirishga yordam beradi. Temir tanqisligi va temir tanqisligi kamqonligining boshqa belgilari ham terining rangi oqarib, nafas qisilishi va bosh aylanishini o’z ichiga oladi.