Temir Va Farzandingiz

Homiladorlik paytida siz bolangizga kerak bo’lgan hamma narsani ya’ni ozuqalar bilan ta’minladingiz. O’sha paytda temir siz va farzandingiz uchun juda zarur edi, endi esa u chaqalog’ingizning sog’lom rivojlanishi uchun juda muhim.

Farzandingiz temir darajasining past bo’lishini yoki temir tanqisligi animiyasi rivojlanishini anglatadigan ba’zi omillar:

  • Agar homiladorlik paytida temir tanqisligi bo’lgan bo’lsa
  • Agar homiladorlik paytida chekan bo’lsangiz
  • Agar siz diabetga chalingan bo’lsangiz
  • Agar chaqalog’ingiz muddatidan oldin tug’ilgan bo’lsa
  • Agar siz 4-6 oydan ko’proq vaqt davomida emizsangiz
Temir Tanqisligi Animiyasi

Rivojlangan Mamlakatlarda Temir Tanqisligi Anemiyasi 16 % 1 Yoshdan Kam Bo'lgan Bolalarga Ta'sir Qiladi

Xotira Va Idrokni O'rganish

Bolalar Ham Jismoniy Ham Ruhiy O'sishi Uchun Temir Kerak Bo'ladi.

Xotira Va Idrokni O'rganish

Chaqaloqlarda va yosh bolalarda miya aql bovar qilmaydigan darajada o'sadi. Agar miyaning rivojlanayotgan qisimiga yetarlicha temir yetkazib berilmasa. Bolaning ongi yaxshi rivojlanmaydi.

Temir Va Ilk Olti Oy

Homiladorlikning oxirgi uch oyida farzandingiz o’sish uchun yetarlicha temir zaxirasini to’playdi. Ushbu zaxira bolaning rivojlanishi uchun juda zarurdir, chunki ona sutida yetarlicha temir mavjud emas, Bundan tashqari bolangizning ichaklari hali ham rivojlanmoqda.Shu sababli u ona sutidagi temirni so’riy olmaydi, 4-6 odan song bolangizning zaxirasi tugaydi, shunda u temirni boshqa narsalardan olishiga to’g’ri keladi.

Agar siz bolangizni ona suti bilan boqayotgan bo’lsangiz, yoki farzandingiz vaqtidan oldin tug’ulgan bo’lsa unda siz shifokoringiz bilan qo’shimcha temir haqida maslahatlashishingiz lozim.

Iron And The First Six Months

Temir Zaxirasi

O’sib borayotgan chaqalog’ingiz ratsionida otasidan ko’ra ko’proq temirga muhtoj bo’ladi, bularning barchasi birinchi yil davomida tez o’sishni qo’llab-quvvatlash uchun kerak.

YoshiKuniga kerak bo'lgan temir miqdori
6-12 oy uchun11 mg
1-3 yosh uchun7 mg
kattalar, homilador bo'lmagan ayollar uchun 18 mg (hayz ko'rish sababli)
kattalar, erkaklarga8 mg temir kerak bo'ladi.

JADVAL: – Farzandingizga kattalarga nisbatan kerak bo’ladigan temir miqdori

Agar sizning chaqalog’ingiz to’la muddatda tug’ulgan bo’lsa va siz uni emizsangiz, 4oydan boshlab ularga temirga boy ovqatlarni iste’mol qilguniga qadar har kuni har bir kilogramm uchun 1 mg temir qo’shimchasini berish tavsiya etiladi.Chaqaloqlar ratsioni uchun ko’plab ovqatlar, ayniqsa donli mahsulotlarga boyitilgan ovqatlarni kiritish eng yaxshi usul. Shu bilan birga, tabiiy ravishda tarkibida temir moddasi ko’p bo’lgan, masalan, qizil go’sht kabi oziq-ovqat mahsulotlarini kiritish ham mumkin. Go’sht nafaqat temirning ajoyib manbai, balki sink kabi boshqa vitaminlar va oziq moddalardir. Buyuk Britaniyadagi bir tadqiqotda, ratsionida go’sht bo’lgan bolalar, jismoniy qobilyatlar yetishmayotganlarga qaraganda ancha rivojlangan bo’lishini ko’rsatdilar.

Iron For Learning And Behaviour

O’qish Va O’zini Tutish Uchun Temir

Farzandingizning kiyimlari qanchalik tez o’ziga kichik kelib qolsa, uning miyasi undan ham tez rivojlanadi. Farzandingiz sizni taniy boshlaydi, sizga jilmayishni, ag’darilishni va og’ziga hamma narsalarni solishni o’rganadi. Ushbu o’rganishning barchasi shuni anglatadiki, bolangizning miyasi shu qadar tez rivojlanadiki, uning miyasi bir yilda kattalar miyasiga teng bo’ladi.

Miyaning rivojlanishi bilan temir tanqisligi bolangiz o’sishining ko’plab sohalariga, shu jumladan qo’l-ko’zni muvofiqlashtirish, ijtimoiy va hissiy qobiliyatlar va IQ ga ta’sir qilishi mumkin.

Ko'p miqdorda temir bolangizga ham zarar yetkazishi mumkin, shuning uchun qo'shimchalar berishdan oldin, albatta, shifokoringiz bilan suhbatlashing.